UCI

926.82

5.52%

UZS/USD

12660

0.00%

Gold

$2369.9

-0.18%

Oil

$85.36

-0.35%

UZTL

“O‘zbektelekom” AKning 2023-yilning 9 oyi yakunlari bo‘yicha moliyaviy natijalari

“O‘zbektelekom” AK 2023-yilning 9 oyidagi daromadi 2022-yilning shu davriga nisbatan 25%ga o‘sdi. Bu daromadlar o‘sishi tezlashganini ko‘rsatadi, chunki 2021-yildan 2022-yilgacha bo‘lgan davrda o‘sish 16%ni tashkil etgan. Daromadning o'sishi, birinchi navbatda, keng polosali ulanish xizmatlari segmentidagi daromadning 49%ga o'sishi bilan bog'liq bo'lib, bu kompaniyaning o'tgan davr mobaynida 446 ming abonent bazasining kengayishi natijasidir. Mobil segmentdagi daromad 11%ga o'sib, 868 ming yangi abonentni jalb etgan, Interconnect segmentidagi daromad esa o'tgan yilga nisbatan 25%ga oshgan. Daromadning kuchli o'sishiga qaramay, sof foyda import qilinadigan xizmatlar narxining oshishi, milliy valyutaning qadrsizlanishi, global foiz stavkalarining oshishi va kompaniyaning ish haqi fondining o'sishi ta'sirida 474 mlrd. so'mdan 26 mlrd. so'mgacha kamaydi. Import qilinadigan xalqaro aloqa xizmatlari narxining oshishi umumiy xarajatlarning sezilarli darajada oshishiga olib kelgan. Bundan tashqari, kompaniya telekommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilar ekan, yordamchi xodimlari uchun ko'proq xarajatlarga duch kelgan. Ish haqini to'lash xarajatlari tezroq sur'atlarda oshgan, natijada ish haqi fondi davr mobaynida 68%ga oshgan. Ushbu ikki holat sotilgan xizmatlar tannarxining 36%ga o'tgan yilga nisbatan oshishiga asosiy hissa qo'shgan. “O‘zbektelekom” ham foiz stavkalarining global o‘sishi va qarz olishning ko‘payishi tufayli yuqori foiz to‘lovlariga duch kelgan. Kengayish bo‘yicha katta qarz yukini hisobga olgan holda kompaniya foiz xarajatlarining o‘tgan yilga nisbatan 74%ga o‘sishini qayd etgan: 2023-yilning 9 oyi davomida foizlar boʻyicha xarajatlar 2022-yilning shu davridagi 147 mlrd. so'mga nisbatan 257 mlrd. soʻmni tashkil etgan. Bundan tashqari, uchinchi chorakda milliy valyuta kursining keskin qadrsizlanishi kompaniyaga salbiy ta'sir ko'rsatgan. Yil davomida so‘m 11,04%ga qadrsizlandi, buning natijasida valyuta kursi bo‘yicha yo‘qotishlar o‘tgan yilga nisbatan 68%ga oshgan. Valyuta kursi bo‘yicha yo‘qotishlar 2022-yilning shu davridagi 454 mlrd. so‘mga nisbatan joriy yilning 9 oyida 763 mlrd. so‘mni tashkil etdi. O'sishga yo'naltirilgan rivojlanish strategiyasiga muvofiq Uzbektelekom keng polosali ulanish va data-markazlar tashabbuslariga faol sarmoya kiritmoqda. Kompaniya har bir xonadon uchun Internet qamrovini kengaytirish, qo'shimcha bozor ulushini qo'lga kiritishga ustuvor ahamiyat bermoqda va kelgusi yillarda daromadlar o'sishi yanada tezlashishini kutmoqda.

Top Ro'yxatlar

  • IPTB

    Ipoteka-bank ATIB

  • SQBN

    O'zsanoatqurilishbank ATB

  • HMKB

    Hamkorbank ATB

  • UZMK

    O'zmetkombinat AJ

  • AGMK

    Olmaliq KMK AJ

  • URTS

    O'zRTXB AJ

  • QZSM

    Qizilqumsement AJ

  • A028090

    Toshkentvino kombinati

  • KVTS

    Kvarts AJ

  • BIOK

    Biokimyo AJ